Toshkentda 27-oktyabr kuni barcha metro bekatlari ertalab soat beshdan ishlaydi
Toshkentda 27-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar saylanishi munosabati bilan shahardagi barcha metro bekatlari ertalab soat beshdan ishlay boshlaydi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu kuni poуezdlarning liniyada harakatlanishi ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval bo‘yicha tashkil etiladi.
Avvalroq, 16-23 oktyabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, shuningdek, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlarini saylash bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tgandi. Saylovlar joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Sharhlar