Toshkentda 4 000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va DBQ xodimlari hamkorligida tumandagi Chorbog‘ ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.A. va D.A. soxta sertifikatga ega bo‘lgan jami 4 000 quti “Xitofer-S 5 ml” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 43 750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu dori vositalari qalbakilashtirilganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar