Toshkentda aholi bolalar maydonchasi yonidagi transformatordan sim chiqib turganligidan shikoyat qilishdi
18-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqarolar transformatordan sim chiqib turganini aniqlagan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
BUZ-2 mikrorayonida yashovchilarning aytishicha, sim olti oy davomida himoyasiz qolgan. U 6a va 32-uylar yaqinida, bolalar maydonchasidan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan.
Tuman elektr tarmoqlari (RES) xodimlari murojaatga o‘z vaqtida javob berib, muammoni joyida bartaraf etdi.
Ulashish:
Sharhlar