Toshkentda atmosfera havosining ifloslanishi me’yoriy darajadan 22 barobar oshgan
Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi normadan sezilarli darajada oshib ketdi.
IQAir portaliga ko‘ra, u me’yordan 22 barobar oshib ketgan. Mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da O‘zbekiston poytaxtidagi kuzatuv stansiyasi 181 IQI, darajasini qayd etdi. Ayni paytdagi natija esa 161 va bu salkam 15 barobar yuqori degani.
PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 22 baravar yuqori.
Tashqarida o‘tkaziladigan vaqtni minimallashtirishga harakat qiling, niqob taqing va xonani faqat optimal vaqtlarda shamollatib (ventilyatsiya) turing.
Ulashish:
Sharhlar