Toshkentda avtobuslar tezligi cheklanmoqda

Foto: wikipedia
Toshkentda harakatlanadigan avtobuslar tezligi soatiga 50 kilometrgacha cheklanmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida bunday qarorga kelingan.

“Toshavtota’mirxizmat” UK servis xizmati xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari boshqaruv vaqtida tezlikni oshirmasliklari uchun maxsus dastur orqali tezliklari 50km soat bilan chegaralanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.