Toshkentda ayol Afrikadan meros va’da qilgan firibgarlarga 90 ming dollar o‘tkazib berdi

Фото: canva.com

Poytaxtlik fuqaro o‘z uyini sotib, 90 ming AQSh dollarini Afrikadagi qarindoshidan meros qilib berishni va’da qilgan firibgarlarga o‘tkazib yubordi, deya xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Xamroqulov.

Ayol Nigeriyadan Afrikada meros qolgani haqida elektron xat olgan. Keyin firibgarlar merosni O‘zbekistonga o‘tkazish uchun undan ma’lum miqdorda pul talab qilishgan.

“Nigeriyadan meros haqida so‘z borgan xat keldi. Uni berish uchun pul talab qilishgan. Ayol uyini sotib, 90 ming dollar o‘tkazib bergan va yana ko‘proq pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Shu tarzda, firibgarlar chegaradan o‘ta olmadik, deb aldov yo‘li bilan katta miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan”, — deydi Umidjon Xamroqulov.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.