“Toshkentda ayol farzadini kaltaklagani haqidagi” xabar yuzasidan munosabat bildirildi

Foro: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB ma’lumot berdi.

Xabarga ko’ra, voqea 2022-yilning taxminan avgust oylarida sodir bo’lgan. Unda Shayxontohur tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan ayol L.M., 2020-yilda tugʻilgan farzandi R.S. ga qoʻpol munosabatda boʻlib, jahl ustida urgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

“Holat ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘rnatilgan yashirin kameraga yozib olingan. U ayoli farzandini muttasil urib, tan jarohati yetkazib, qiynab kelayotgani yuzasidan IIO FMBga murojaat qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan”, – deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) va “v” (ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov natijalariga ko‘ra, ayolning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli unga nisbatan jinoyat ishi 2024-yil 19-sentyabrda tugatilgan. Biroq er bu qarordan noroziligini bildirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.