Toshkentda beshta avtomobil to‘qnashib ketdi

Фото: IIBB YHXB | Rasmiy kanali

9-sentabr kuni taxminan soat 09:10da Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida bir nechta avtomashinalar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB.

Xususan, YTHda 5 ta avtomobil to‘qnashib ketgan:

haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi;
haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan F.Y. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli avtomashinasi;
haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan T.Q. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi;
haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan O.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi;
haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Skoda rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.