Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan 3 ta hovli yonib ketdi

Foto: uznews.uz

Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo‘ldi. Ushbu yong‘in to‘g‘risida Toshkent shahar FVB ma’lumot  berdi.

3-iyul kuni soat 13:54 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:25 da o‘rab olingan va soat 14:47 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.