Toshkentda bolalar bog‘chasining tarbiyachisi bolani kaltaklagani aytilmoqda

Фото: Открытые источники

Toshkentda xususiy bog‘cha tarbiyachisi uch yoshli bolani kaltaklagani va haqorat qilgani uchun intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar beradi.

Jabrlangan bolaning ota-onasi bog‘cha rahbariga voqea aks etgan videoyozuvni taqdim etishni so‘rab murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan. Rahbar tarbiyachiga nisbatan ham hech qanday chora ko‘rmagan.

Bolalar ombudsmanining talabiga binoan Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, natijada o‘qituvchiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan. Vazirlik, shuningdek, kelajakda shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun nazoratni kuchaytirish niyatini e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.