Toshkentda Buzruk Buzrukovga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan 38 yoshli Buzruk Buzrukov ustidan sud jarayonini yakunladi, deya xabar beradi Uznews..
2012-yil bahorida sudlanuvchi B.Sh.ning dugonasidan 2020 AQSh dollari miqdoridagi sport ozuqasini olib, pulini to‘lamagan. 2022-yil iyul oyida poytaxtdagi muassasalardan birida Buzrukov hech qanday sababsiz fuqaro Sh.V. ga tashlanib, badaniga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazgan.
2023-yil may oyida Buzrukov sherigi D.Ibragimov bilan birgalikda fuqaro S.I. dan sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazish bilan tahdid qilib, 479 ming AQSh dollarini talab qilgan. Ular jabrlanuvchidan 13 ming dollar olib, o‘zaro bo‘lib olishgan.
Sud ish materiallarini o‘rganib chiqib, B.Buzrukovni О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddaning 2-qismi «a» bandida (О‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazishga olib kelgan bezorilik) va 165-moddasi 3-qismning «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni (o‘ta yrik miqdordagi tovlamachilik) sodir etishda aybdor deb topdi. Unga 13 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
8-avgust kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining hukmi ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati bo‘yicha sudlanuvchi B.Buzrukovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqadi.
Sharhlar