Toshkentda elektrobus va yengil avtomobil haydovchilari o‘rtasida janjal yuzaga keldi
Joriy yilning 16-iyun kuni taxminan soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Xusayn Boyqaro shox ko‘chasida elektr avtobus haydovchisi 1989-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. va Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi 1972 yilda tug‘ilgan R.I., Zaz-1102 rusumli avtomashina haydovchisi F.Z. o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar beryapti.
“Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, janjal sababi: avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Ulashish:
Sharhlar