Toshkentda firibgar xitoy fuqarosining 110 milliondan ko’p miqdordagi pullarini o’g’irladi
Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi xitoy fuqarosi 29 yoshli N.Sh. IIOga murojaat qilib, bank plastik kartasidan jami 110.055.922 so’m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi X.R., jabrlanuvchi N.Sh. bilan telefon orqali tanishib, unga “Click”dan qo‘ng‘iroq qilayotganligini, bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytib, uni aldab, bank plastik kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, 110.055.922 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar