Toshkentda fuqaro birga yashaydigan ayoliga 19 marta pichoq urdi
Yangihayot tumanida birga yashaydigan ayoli bilan novvoyxonada ishlagan erkak unga 19 marta pichoq urib, bo‘g‘izladi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ular noqonuniy nikohda bo‘lgan va bir nafar umumiy farzandi bor.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak ko‘pincha ayolni rashk qilgan va hatto jamoat joylarida ham uni bir necha marta kaltaklagan. Shunga qaramay, ayol uni kechirgan.
11-iyul kuni mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Hozirda gumondor hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar