Toshkentda fuqaro qariyb 2 mlrd.ga yaqin bo’lgan aliment pullarini oldindan to’lab berdi

Foto: MIB faoliyatidan

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.R. dan, undiruvchi R.R. foydasiga 3 nafar, 6, 4 va 3 yoshdagi farzandlarining ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Dastlab, ijro harakatlari davrida, qarzdor D.R. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan va qarzdorga nisbatan sud tomonidan  jarima jazosi qo‘llanilgan hamda qarzdorlik bartaraf etilmasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqida rasmiy ogohlantirilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor shaxs alimentni farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan qarzdorligini oldindan to‘lash istagini bildirib, davlat ijrochilari 2023-yildan 2039-yilga qadar 3 nafar farzandlarning aliment to‘lovi 1 mlrd. 748 mln. 902 so‘m bo‘lishni bildirgan.

So‘ngra, ayol aliment pullarini oldindan, ya’ni farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan, jami 1 mlrd. 748 mln 750 ming so‘m pullarini to‘lagan va undiruvchiga tilxat asosida topshirilgan.

Qarzdor xorij davlatiga davolanish uchun ketishi kerak bo’lgan va unga yaqinlari alimentni to’lashga yordam bergan. Hozirda D.R.ga xorijga chiqish uchun qo’yilgan taqiq olib toshlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.