Toshkentda FVV xodimlari yonayotgan uydan bolani qutqarishdi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligining mutaxassislari yonayotgan uydan bolani qutqarib oldi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Yong‘in “Ko‘xna Cho‘ponota” mahallasidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida xabar soat 13:04 da kelib tushgan, soat 13:13 ga kelib voqea joyiga 3 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan. Soat 13:29 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida qutqaruvchilar xonada bolani topib, uni muvaffaqiyatli evakuatsiya qilishgan. Qutqarilganidan keyin bola tibbiyot xodimlariga topshirilgan, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Yong‘in oqibatida 20 metr kvadrat maydonda maishiy texnika shikastlangan. Yong‘in sabablari va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Sharhlar