,

Toshkentda halok bo‘lgan rossiyaliklarning jasadlari ekspertiza yakunlangach vataniga yuboriladi

Фото: Соцсети

Toshkent mehmonxonasida halok bo‘lgan rossiyaliklarning jasadlari sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng vataniga jo‘natiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.

Departament vakilining aniqlik kiritishicha, jasadlarni jo’natish sanasi barcha zarur tartib-qoidalarni bajarish, shu jumladan o’limning aniq sababini aniqlash uchun zarur bo’lgan vaqtga bog’liq.

Ma’lumot uchun, rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi Toshkentdagi mehmonxonalardan birida noma`lum moddadan zaharlanib vafot etgan. O‘zbekiston fuqarosining jasadi ham boshqa xonadan topilgan. RT xabariga ko‘ra, rossiyaliklarning jasadlari 23-oktabr kuni Moskvaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.