Toshkentda ikki yuk mashinasi va “Jiguli” haydovchisi o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi

Toshkent shahar Mirobod tumanida ikki yuk mashina haydovchilari yo‘lda “Jiguli” haydovchisi bilan tortishib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

“Videoda yuk mashinalaridan biri katta tezlikda kelib, chapga burilib, VAZ 2106 haydovchisining yo‘lini to‘sgani, ikkinchi yuk mashina haydovchisi esa “Jiguli”ni orqadan siqib kelganini ko‘rish mumkin. Voqea 4-iyul kuni soat 15:15 da Mirobod tumanida, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan yuk transport vositasi haydovchisiga nisbatan  Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 primm 5-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

“Qilgan ishimdan pushaymonman”, deya uzr so‘ragan yuk mashina haydovchisi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.