Toshkentda ish beruvchi qo‘l ostidagi xodimni qaychi bilan jarohatladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida erkak avval o‘z do‘koniga sotuvchi sifatida yollagan tanishini qaychi bilan jarohatladi.
IIBB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi janjal ish beruvchi o‘z xodimi tovarlarni oshirib yuborilgan narxlarda sotib, uni aldab yurganini bilganidan keyin yuzaga kelgan.
Jahli chiqqan erkak peshtaxtadan qaychini olib, tanishini jarohatlagan. Sud-tibbiyot ekspertizasi jabrlanuvchining hayotiga xavf tug‘diruvchi tan jarohatlari olganini, u esa mehnat qobiliyatini 33 foizga yo‘qotganini aniqlagan.
Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, unga oylik ish haqining 30 foizi ushlab qolingan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolangan.
Sharhlar