Toshkentda issiq suv va isitish narxlari oshiriladi
Xalq deputatlari Kengashi tomonidan markaziy isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi. 2024-yil 12-sentyabrda qabul qilingan qarorga ko‘ra, ushbu xizmatlar narxlari aholi uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham oshadi.
Aholi uchun yangi chakana tarif 1 Gkal uchun 121 617 so‘mni (hozirda 1 Gkal uchun 105 754 so‘m) tashkil etadi.
O‘z navbatida, yuridik shaxslar uchun tarif 1 Gkal uchun 244 497 so‘mgacha oshiriladi (hozirda 1 Gkal uchun 212 606 so‘m).
Yangi tariflarning amal qilish muddatiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Ulashish:
Sharhlar