Toshkentda issiq suv va isitish uchun narxlar 15 foizga oshadi
Bugun poytaxt hokimi issiq suv va issiqlik taʼminoti uchun tariflarni 15 foizga oshirish toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi. Narxlar bir yilda ikkinchi marta oshirilmoqda.
Hujjat bilan quyidagi tariflar tasdiqlangan:
- aholi uchun – 121 617 so‘m/Gkal (ilgari 105 754);
- biznes uchun – 244 497 so‘m/Gkal (ilgari 212 606).
Ulashish:
Sharhlar