Toshkentda kimlar uchun “parkovka” bepul

Toshkent shahar hokimligining qaroriga ko‘ra, pulli to‘xtash joylari quyidagi 5 ta tarif zonasiga (1 soat uchun) bo‘linadi:

1 – tarif zonasi — 12 ming so‘m;
2 – tarif zonasi — 10 ming so‘m;
3 – tarif zonasi — 8 ming so‘m;
4 – tarif zonasi — 6 ming so‘m;
5 – tarif zonasi — 5 ming so‘m;

Quyidagi toifadagi transport vositalaridan to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi:

  • Favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki ko‘k-qizil miltillovchi chiroq va maxsus ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari;
  • old va orqa oynalarida “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari);
  • II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari.

Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.