Toshkentda maktab o‘quvchisining koptok zarbidan vafot etishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda jismoniy tarbiya darsida 6-sinf o‘quvchisi koptok zarbidan vafot etishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 6-oktabrda 2011-yilda tug‘ilgan o‘quvchi Yunusobod tumanidagi 259-maktabda jismoniy tarbiy darsida koptok tegishi natijasida hushini yo‘qotgandi. O‘smir tumandagi 7-kasalxonaga yetkazilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgandi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan 19-fevral kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu moddaga ko‘ra, ehtiyotsizlik orqasida odamlar o‘limiga sabab bo‘lish besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar