Toshkentda Malibu va Nexia avtomobillari to‘qnashdi, jabrlanganlar bor

Фото: Кадр из видео

Toshkentda Malibu-2 rusumli avtomashina haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib, daraxtni urib yubordi. Poytaxt YHXB matbuot xizmati vaziyatga izoh berdi.

YTH 7 avgust kuni soat 05:20 atrofida Chilonzor tumanidagi Zargarlik va Shirin ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Malibu-2 va Nexia-1 avtomashinalarining to‘qnashuvi natijasida Nexia-1  haydovchisi va Malibu-2 yo‘lovchisi jabrlangan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.