Toshkentda masjidlar yonida harakat cheklanadi — sxema

Фото: Advantour

16-iyun kuni Toshkent shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan bayram namozi o‘qilishi sababli 121 ta masjid yaqinida avtomobillar harakati cheklanadi.

Bayram namozlarini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish,ularning  xavfsizligini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Soat 00:00 dan 07:00 ga qadar poytaxtning quyidagi ko‘cha va yo‘llarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “To‘ra buva” masjidi oldidan Buyuk ipak yo‘li – Sho‘rtepa ko‘chalaridan Buyuk ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chalarigacha.

Bektemir tumani:

  • “Xuton” masjidi oldidan Bektemir-Husayn Boyqaro shoh ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • “Islomobod” masjidi oldidan KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Imom” masjidi oldidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidan Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshkayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidan Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon chorrahasi – Ustozoda shoh ko‘chasi 2-tor ko‘chasigacha;
  • “Ko‘h Ota” masjidi oldidan Sebzor – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Kaab” masjidi oldidan Al-Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qani ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Katta Qozirabod” masjidi oldidan Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidan So‘galli ota – Al-Xorazmiy ko‘chalari chorrahasidan Xonobod shoh ko‘chasi 2 – So‘galli ota chorrahasigacha;
  • “Novza” masjidi oldidan Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosigacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylab.

Uchtepa tumani:

  • “Abdulloh bin Mas’ud” masjidi oldidan – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta Qani ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Ali” masjidi oldidan Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek -1– Zamaxshari shoh ko‘chasi chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidan KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidan – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Mazun” masjidi oldidan – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidan Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon chorrahasigacha;
  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidan Cho‘lpon – Imom Buxoriy ko‘chalari chorrahasidan Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidan TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasidan Qo‘yliq bozori yonidagi ko‘prikgacha.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Fuqarolardan vaqtinchalik aylanma yo‘llardan foydalanishga so‘raldi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.