Toshkentda mozaikali turarjoy binolaridan reklama bannerlari olib tashlandi

Фото: acdfuz

Toshkentda mozaikali turarjoy binolaridan reklama konstruksiyalarini olib tashlash dasturi amalga oshirildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu tarzda 70 dan ortiq mozaika ochildi, ularning 40 dan ortig‘i apreldan iyun oyining boshigacha bannerlardan xalos qilindi. Beruniy ko‘chasi 2-uyda joylashgan binodan so‘nggi reklama banneri olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorligi sifatida tan olinib, Ko‘chmas moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qaroriga muvofiq, mozaikali binolarga reklama bannerlarini joylashtirish taqiqlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.