Toshkentda “О‘zbekiston arxivlari: tarixiy xotiradan yangi О‘zbekistonga” mavzusida anjuman o‘tkazildi
Toshkentda 5-noyabr kuni “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasida “О‘zbekiston arxivlari: tarixiy xotiradan yangi О‘zbekistonga” mavzusida anjuman va “Tarixiy xotira” fotoko‘rmasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda arxiv ishlari sohasining tarixiga bag‘ishlangan “Tarixiy xotira” foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi uyushtirildi. Ko‘rgazmada Milliy kinofotodokumentlar arxividan 60 dan ortiq, О‘zbekiston Milliy arxividan 20 dan ortiq hujjat namoyish etildi.
Tadbirlarda shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan eng qadimgi IX asr hujjatlari, jumladan, Buxoro amiri Ismoil Somoniy tomonidan taqdim etilgan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham namoyish qilindi. Arxivda 1,5 mingga yaqin hujjat to‘plami mavjud bo‘lib, ularning eng uzuni 83 metr, eng qisqasi 20 santimetrni tashkil etadi.
Anjumanda, avvalambor, arxiv ishlari tarixiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi kunda dolzarb hisoblangan arxiv hujjatlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sharhlar