Toshkentda o‘tkazilgan MMA bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston g‘olib chiqdi
Poytaxtda aralash yakkakurashlar bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat sportchilari uchta oltin, bitta kumush va sakkizta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltinni Jamshid Tillaev (61,2 kg), Zafar Rashidov (65,8 kg) va Asrorbek Anvarjonov (97 kg) qo‘lga kiritdi. Kumush Qarshi Usmonovga (52,2 kg) nasib etdi. Bronza medali sohiblari orasida Firdavs Xaytmatov (56,7 kg), Shamshod Shukurov (93 kg), Islombek Qodirov (97 kg) va Xumoiddin Muxtorov (97 kg dan yuqori) bor.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida Natalya Qodirova (46,7 kg), Ugiloy Jumanova (70,3 kg), Gulsara Qozoqboyeva (74,8 kg) va Mashhura Yo‘ldosheva (79,4 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
10-noyabr kuni yoshlar oʻrtasida final janglari boʻlib oʻtadi va unda Oʻzbekistondan 8 nafar sportchi chempionlik uchun kurash olib boradi.
Sharhlar