Toshkentda podezdlarda qarovsiz qoldirilgan kolyaska, samokat va velosipedlar IIOga olib ketildi
20-noyabr kuni ko‘p qavatli turar-joy binolarning podezdlarida qarovsiz qoldirilgan kolyaska va velosipedlarni IIO xodimlari olib ketayotgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, “qarovsiz qolgan kolyaska, samokat va velosipedlarni o‘g‘riligini oldini olish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib kelinmoqda”- dedi IIBB Matbuot xizmatiga rahbari.
Shuningdek, xodimlar tomonidan olib ketilgan kolyaska, samokat va velosipedlar egasi kelganida qaytarib berilishi ta’kidlandi. Egalariga hech qanday jarima solinmasligi va jarima haqidagi gaplar yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar