Toshkentda qishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda: bu uchun 730 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi
Toshkent shahrida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishga 732 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzolagan farmoyishda aytilgan.
Jami mablag‘ning 2,7 milliard so‘mi respublika byudjetidan, qolgani esa homiylik va boshqa mablag‘lar hisobidan yo‘naltiriladi.
Moliyalashtirish quyidagi vazifalarni bajarish uchun sarflanadi:
• ko‘p xonadonli turar-joy binolarini kapital va joriy ta’mirlash: 58,9 mlrd.so‘m.
• Ijtimoiy ob’ektlarni kapital va joriy ta’mirlash: 2,7 mlrd.so’m.
• issiqlik ta’minoti va jihozlarini tayyorlash: 623,8 mlrd.so‘m.
• ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari: 27,2 mlrd.so‘m.
• Elektr tarmoqlari va qurilmalari: 2,9 mlrd.so‘m.
• gaz ta’minoti ob’ektlari va qurilmalari: 16,8 mlrd.so‘m.
Sharhlar