Toshkentda soat 11 dan soat 17 gacha elektr o‘chirilishi haqidagi xabar yolg’on

Foto: zamon.uz

Energetika vazirligining 26-iyul sanasida soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilangani haqidagi xabarida keltirilgan faktlar noto‘g‘ri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.

Xususan, bir qator telegram kanallarida biri-biridan ko‘chirilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan ma’lumot — 26-iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim iste’molchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt “Elektr energiyasi 11 dan 17 gacha o‘chiriladi” mazmunida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda va ayrim saytlar ham rejali o‘chirishlar haqida yozmoqda.

“Ertaga yoki keyingi kunlarda ham soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini o‘chirish rejalashtirilmayapti. Xabarda faqat kelgusida kuzatilayotgan issiqlik fonida qaysidir hududda ortiqcha yuklama tufayli avariya holati yuzaga kelish ehtimoli paydo bo‘lsa, o‘sha tarmoq yoki transformator toki sovib olguniga qadar qisqa muddat tarmoqdan uzib turilishi mumkinligi aytilgan.”, – deyiladi xabarda.

 

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.