Toshkentda sotsiologiya professori Abdulaxat Qahhorov o‘ldirildi
Professor, sotsiologiya fanlari doktori Abdulaxat Qahhorov Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xonadonida o‘lik holda topildi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati 73 yoshli fuqaroning vafot etganini tasdiqladi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 18-iyul kuni taxminan soat 22:00da «102» raqamiga mahalliy aholi qo‘ng‘iroq qilib, Muxbir ko‘chasi, Qoraqamish 2/5-uydagi 10-uyning xonadonlaridan birida shovqin bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan tezkor-qidiruv guruhi marhum Abdulaxat Qahhorovni balkonda tanasining turli joylarida kesilgan jarohatlar bilan topgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan 19-iyul kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor qo‘lga olingan. Jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
Sotsiologiya fanlari doktori, bungacha O’zbekiston IIV Akademiyasida professor bo‘lib ishlagan Abdulaxat Qahhorov “Sharqiy Turkistonning qadimiy ipak yo‘li sirlari” (2017) kitobining muallifi. U turkiy va uyg‘ur tarixining kam o‘rganilgan masalalari bilan shug‘ullangan.
Sharhlar