Toshkentda sovuq suvni rejali o‘chirish boshlanadi
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan sovuq suvni rejali to‘xtatish boshlanadi, deya xabar beradi “Toshkentsuvta’minot”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-sentyabrdan 2-oktyabrgacha ayrim joylarda vaqtinchalik suv tanqisligi kuzatiladi. Suv yo‘q joylarga suv mashinalari jo‘natiladi.
Manzillar va sanalarning to‘liq ro‘yxatini ushbu havola orqali topish mumkin.
Ulashish:
Sharhlar