Toshkentda svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan avtobus haydovchisi jarimaga tortildi
Toshkentda “Yutong” rusumli avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida ishlagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Unga nisbatan svetoforning taqiqlovchi belgisi yoki svetoforning imo-ishorasidan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun 128-4-modda bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Avvalroq, poytaxtda avtobuslarning tezligi 50 km/soatgacha cheklangani, belgilangan me’yorga rioya qilish maxsus dastur orqali nazorat qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar