Toshkentda tergovchi va surishtiruvchilar pora olayotganda qo‘lga tushdi
Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi pora bilan qo‘lga tushdi, deya xabar beradi DXX.
Ular bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslikni va’da qilishgan.
Shuningdek ular ayblanuvchining harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalashlari va bu bilan jaxo muddatini qisqartirishlari mumkinligini bildirishgan
Tergovchi va surishtiruvchilar buning evaziga ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyai ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar