Toshkentda to‘rt milliondan ortiq petarda va pirotexnika yo‘q qilindi
Toshkentda to‘rt million donadan ortiq pirotexnika vositalari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati .
2024-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taqiqlangan pirotexnika vositalarini olib qo‘yish bo‘yicha 77 ta holat qayd etilgan, natijada beshta jinoyat va 53 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari umumiy qiymati salkam 1 milliard so‘mlik 7,3 million donadan ortiq pirotexnika vositalarini musodara qilishga muvaffaq bo‘ldi. Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 20-sonli yong‘in-qutqaruv bo‘linmasida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida shundan 4,65 million birlik yo‘q qilindi.
Ulashish:
Sharhlar