Toshkentda voyaga yetmagan qizga nojo’ya harakat qilgan shaxsga hukm o‘qildi

фото: yuz.uz

Toshkent shahar sudi metroda voyaga yetmagan qizga nojo’ya harakat qilgan shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqida sud qaroriga asoslanib Anhor.uz xabar bermoqda.

Voqea 30-oktabr kuni soat 16:00 atrofida “Novza” metro bekatida sodir bo‘lgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra, 1990-yilda tug’ilgan erkak qo’llari bilan qizning pastki qismiga tegib ketgan.

Sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, jazoni yengillashtirishni so‘radi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi fuqaroni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (jinsiy tahqirlash) bilan aybdor deb topdi. U to’rt kunlik hibsga hukm qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.