Toshkentda xavfsizlikni oshirish uchun avtobuslarning harakat tezligi 50 km/soatgacha cheklandi

Фото: Anhor.uz

Toshkentda shahar avtobuslari uchun tezlik chegarasi 50 km/soat qilib belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar beradi.

Yangi limitga rioya etilishi avtobuslarning belgilangan tezlikdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus dastur orqali nazorat qilinadi.

Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, ushbu chora yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish va yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan.

Avtobuslarga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni ketmoqda, u 2024-yilning sentyabrigacha yakunlanishi kerak.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.