Toshkentda Xitoyning “YTO Cargo Airlines” aviakompaniyasining birinchi parvozi kutib olindi
6-iyun kuni Xitoyning “YTO Cargo Airlines” yuk aviakompaniyasi Yining – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini amalga oshirdi.
Xitoyning “Comac” ishlab chiqaruvchisining ARJ21-700 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 17:02 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko’ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.
Avvalroq “YTO Cargo Airlines” aviakompaniyasi Boeing 757 samolyotlarida Toshkentga yuk charter reyslarini amalga oshirgan edi.
“YTO Cargo Airlines” Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan.
Avvalroq. Xitoyning “YTO Cargo Airlines” yuk aviakompaniyasi Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar