Toshkentda yangi kameralar piyodalar o‘tish joylaridagi qoidabuzarliklarni qayd qila boshladi
Toshkentda piyodalarning o‘tish joylarida o‘tishga ruxsat bermaslik bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni qayd qiluvchi yangi kameralar o‘rnatila boshlandi.
Ayni paytda tizim Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lida test rejimida ishlamoqda.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, kameralar piyodalar o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzgan haydovchilarni tezkorlik bilan aniqlash va jazolashga yordam beradi.
Ulashish:
Sharhlar