Toshkentda yonma-yon turgan uchta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Фото: Кадр из видео

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yong‘in sodir bo‘lib, u qo‘shni uchta uyni qamrab oldi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Quvur ariq ko‘chasida yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi signal 3-iyul kuni soat 13:54 da kelib tushgan. Voqea joyiga tezda yettita o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi yetib keldi.

Yong‘in soat 14:25 da mahalliylashtirilgan va 14:47 da to‘liq o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Hozirda yong‘in sabablarini aniqlash va moddiy zararni baholash ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.