Toshkentda zamonaviy avtobus bekatlari o‘rnatiladi
Toshkentda zamonaviy avtobus bekatlarini o‘rnatish boshlanadi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.
To’xtash joylari ikki xil bo’ladi: balandligi 3,2 va 6,5 metr. Ular 60% metall, 10% plastmassa va 30% shishadan tayyorlangan bo‘lib, o‘rindiqlar yog‘och bo‘ladi.
Yangi bekatlar Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, yomg’ir suvini to’kish uchun oluklar mavjud.
Ulashish:
Sharhlar