Toshkentdagi Al Xorazmiy maydoni sayyohlik hududiga aylantiriladi
Toshkentdagi Al-Xorazmiy maydoni yangi turistik hududga aylanadi. Bu haqda poytaxt hokimligining matbuot xizmati xabar beradi.
Shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Tojiev maydonda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, ularni sifatli va tez yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 2,3 km uzunlikdagi ko‘chani obodonlashtirish va atrofdagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yagona dizayn-kod asosida zamonaviy bolalar maydonchasi, vorkaut zonasi, sport maydonchalarini yaratish, o‘rindiqlar o‘rnatish, avtoturargohlarni tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Sharhlar