Toshkentdagi ikkita ko‘chada harakat vaqtincha cheklanadi

Фото: Хокимият Ташкента

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ikkita ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi, deya xabar beradi poytaxt hokimligining matbuot xizmati.

Bugun mutaxassislar drenaj quvurlarini ta’mirlaydi. Shu munosabat bilan soat 20:00 dan 23:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Shimoliy Olmazor ko‘chasidan Usta Olim ko‘chasi bilan chorrahagacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Bundan tashqari, yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib boriladi. 19-sentyabr soat 23:00 dan 20-sentyabr 07:00 gacha transport harakati Kichik halqa yo‘lining Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Usta Olim ko‘chasigacha bo‘lgan qismida cheklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.