Toshkentdagi “Panorama” orqasidagi qurilish maydonida daraxt shikastlandi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Shayxontohur tumani “Panorama” orqasidagi qurilish maydonida daraxtlarga shikast yetkazilayotgani bo’yicha xabar tarqaldi. Bunga Ekologiya vazirligi munosabat bildirdi.
“Ushbu holat bo’yicha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasining Shayxontohur tumani inspektorlari joyiga borib o’rganish ishlarini olib borganida, qurilish ishlarini boshlashdan oldin xatlov qilish jarayonida ogohlantirilgan bo’lishiga qaramasdan K.A tomonidan daraxtga shikast yetkazilganligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari ya’ni 8 500 000 so’m jarima va 1 360 000 so’m zarar yetkazganligi uchun jarima jazosi qoʻllanildi. Kelgusida daraxtlarga shikast yetkazmaslik va kesmaslik bo’yicha qat’iy tartibda ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qilamiz.
Sharhlar