Toshkentdagi qadimiy Shoshtepa shahri yemirilishda davom etmoqda

Фото: Дела тонкие

Toshkent 2200 yillik tarixga ega shahar deb e’lon qilinishiga sababchi bo‘lgan Shoshtepa qadimiy shahri yemirilishda davom etmoqda. Bu haqda “Dela tonkie” kanali yozadi.

“Va’da qilingan bostirma o‘rnatilmagan, natijada triangulyatsiya belgisi o‘rnatilgan asosiy minoraning yarmi qulab tushgan. Aleksandr Raykov bilan ko‘rishga bordik.  Fotosuratda minoraning hozirgi holatini ko‘rish mumkin. Menimcha, minora aholi punktiga yaqin joylashgan bufer zonada amalga oshirilgan tebranishlar tufayli qulagan” – deya qayd etadi kanal muallifi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, qadimiy shahar bo‘ylab panjarasiz, ogohlantiruvchi belgilarsiz besh metr chuqurlikda teshiklar qazilgan.

“Ehtimol, ular bir vaqtlar bostirma tirgovuchlari uchun qazilgan bo‘lishi mumkin, agar bola bunday teshikka tushib qolsa, o‘zi  chiqa olmaydi. Shaharchada biz olov izlarini va juda ko‘p chiqindilarni ko‘rdik. Qadimiy Toshkentga nihoyat e’tibor qaratishlari uchun yana nima bo‘lishi kerak?” – deya xulosa qiladi u.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.