Toshkentdan Chorvoqqa olib boradigan yo‘lni pullik qilish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrining Bektemir tumanidan Chorvoqqa boradigan yo‘l qismi pullik qilinishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.
Yaqinda vazirlik vakillari Onur Group direktori Bulent Tatar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yo‘llar va tunnellar qurish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishdi.
Kompaniya 4R12 Bektemir – Chirchiq – G’azalkent – Chorvoq yo‘lining 6-km dan 77-km gacha bo‘lgan qismini rekonstruktsiya qilishi mumkin. Jumladan, asfalt-beton qoplamasi yotqizish, shuningdek, yo‘lni pullik qilish rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilashga kelishib olishdi.
Sharhlar