Toshkentdan Issiqko’lga poezdlar qatnovi yo’lga qo’yiladi

Foto: yuz.uz
MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va “Qirg‘iz temir yo‘li” davlat korxonasi rahbari Sakiyev Azamat o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025-yil yozida “Toshkent-Ribache” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temir yo‘l xodimlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.