Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reys 2 marta parvozini to’xtatishga majbur bo’ldi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Nyu-York reysi 2 marta yo‘nalishdan chetga chiqishga majbur bo‘ldi.
Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, Boeing 787 5-noyabr kuni soat 6:47 da Toshkentdan havoga koʻtarilgan, biroq tez yordam mashinasida olib ketilgan 55 yoshli yoʻlovchining ahvoli yomonlashgani sababli 7:35 da aeroportga qaytgan. Samolyot ertalab soat 9:30 da parvozini davom ettirdi va Nyu-Yorkka mahalliy vaqt bilan 12:30da (Toshkent vaqti bilan 22:30) yetib kelishi kerak edi.
Biroq, Kanada uzra uchib o‘tayotganda ekipaj yo‘lovchida muddatidan oldin tug‘ruq boshlangani sababli “Goose Bay” aeroportiga rejadan tashqari qo‘nishga qaror qilgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan 20:50 da qo‘ngan, tibbiy xodimlari ayolga yordam ko‘rsatganidan so’ng ayol kasalxonaga yotqizilgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan 22:20 da parvozni davom ettirgan.
Sharhlar