Toshkentdan Shahrisabzga muntazam aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi

“Silk Avia” aviakompaniyasi “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bugun ilk qatnov amalga oshirildi.

Parvozlar 11-sentabrdan boshlab chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan joʻnab ketish soat –11:40, Shahrisabzga yetib borish soat –13:10.

Shahrisabzdan joʻnab ketish soat –13:50, Toshkentga yetib borish soat –15:50.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.